Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
Asosiy
Texnikum haqida
Direktor: Teshaboyev Elmurod Mahmudovich, 2020-yil 3-iyuldan ushbu lavozimda, telefon raqami: +99891-670-05-59.
Ta’lim muassasasi 1975-yilda hunar-texnika bilim yurti sifatida tashkil etilgan. Ta’lim muassasasi binosi 1986-yilda yangidan qurilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-iyuldagi 296-sonli qaroriga asosan Oltiariq kasb-hunar litseyi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2002-yil 2-yanvardagi 12-sonli buyrug‘iga asosan Oltiariq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PQ-5812-sonli qaroriga asosan Oltiariq tuman 2-son kasb-hunar maktabi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli farmoniga asosan Oltiariq tuman 2-son politexnikumi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli farmoniga asosan Oltiariq tuman 2-son texnikumi maqomi berilgan.
Ta’lim muassasasi Davlat budjeti va Koreya Respublikasi imtiyozli krediti mablag‘lari hisobidan jihozlangan. Texnikumning umumiy maydoni 72 234 kv.m, quvvati 1250 o‘rinli, 60 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan yotoqxona, 100 o‘rinli oshxona, sportzal, avtopoligon va o‘quv ustaxonalari mavjud.

test@gmail.com
+998 91 670 05 59
Dushanba-juma 09:00-18:00
Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Qapchug‘ay MFY, Polosonobod ko‘chasi 88-uy
PremiumSoft